“Chiqindisiz dunyo uchun!” — ommaviy plogging eko-aksiyasiga start berildi
Atrof-muhitni asrash har birimizning zimmamizdagi mas’uliyat. Bugun tabiatga qilgan kichik yaxshiligimiz ertaga sog‘lom va toza kelajakka zamin yaratadi. Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab keng qamrovli ekologik aksiya tashkil etilmoqda.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “World Zero-Waste day” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida keng jamoatchilik ishtirokida “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging eko-aksiyasiga start berildi.
“Bir Vatanda, bir maqsadda — xalqaro chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida o‘tadigan ushbu tadbir mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etiladi.
Xususan, Toshkent viloyati va Toshkent shahri — Parkent tumanida, Sirdaryo viloyati — Guliston shahri “Buyuk kelajak” MFY hududida, Jizzax viloyati — M-39 yo‘lining Zomin tumaniga ketish qismida, Samarqand viloyati — Samarqand shahrida,
Navoiy viloyati — Navbahor tumani, “Oqtepa” dam olish maskanida, Buxoro viloyati — Buxoro shahri, “Somoniylar” istirohat bog‘ida,
Surxondaryo viloyati — Termiz shahri, Amusohil oromgohida,
Xorazm viloyati — Urganch shahri, Yoshlar bog‘ida,
Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahri, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida,
Andijon viloyati — Bobur shahri hududida,
Namangan viloyati — Namangan shahri, Davlatobod tumani, “Porloq” MFY Yoshlar bog‘ida,
Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri, “Satkak” dam olish ziyoratgohida,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Nukus shahri, Do‘stlik kanali atrofida ommaviy plogginglar bo‘lib o‘tadi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA