Chimyon changʻi ishqibozlarini chorlaydi
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joriy yilning 1-3 mart kunlari “Chimgan-Extreme“ togʻ changʻi festivali oʻtkaziladi.
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joriy yilning 1-3 mart kunlari “Chimgan-Extreme“ togʻ changʻi festivali oʻtkaziladi.
Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti maʼlum qildi. Maʼlumki, Toshkent viloyatida turizmning ekstremal va togʻ turizmi yoʻnalishlari boʻyicha qulay muhit mavjud. Changʻi, snoubording, paraplan va deltoplanda uchish, velosport, motosport kabi sport turlarini rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar yetarli. Ayni paytda viloyatda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Prezidentimizning 2019 yil 5 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, changʻi festivali Oʻzbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qoʻmitasi, Ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi, viloyat hokimligi, viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida tumanning Chimyon hududida oʻtkaziladi.