Chet tili o‘qituvchilari ustama olish uchun test topshirmoqda
Joriy yilning 19-22-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 19-22-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda chet tili o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari o‘tkazilmoqda.Test sinovlarida jami 3329 pedagog qatnashishi kutilmoqda, shundan 2878 nafari xalq ta’limi tizimida, 310 nafari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, 141 nafari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridir.
Test sinovi natijalari Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi sayti dtm.uz da e’lon qilinadi.
Natijani ko‘rish uchun “Interaktiv xizmatlar” bo‘limining “Ustama haq belgilash testi natijalari” sahifasiga javob varaqasi raqami kiritiladi.