Chempionlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi
Samarqanddagi "Boqiy shahar" majmuasida Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo hamda IV paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, sportchilarni tabrikladi va keyingi musobaqalarda ularga muvaffaqiyat tiladi.


Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilarga pul mukofotlari, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Osiyo o‘yinlarida Samarqanddan 18 ta sport turi bo‘yicha 48 nafar sportchi ishtirok etib, 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medalini, Paraosiyo o‘yinlarida 12 nafar samarqandlik para sportchi 5 ta sport turi bo‘yicha 2 ta oltin, 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritgandi.




Shuningdek, tadbirda yil boshidan buyon xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelayotgan sportchilar ham taqdirlandi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari