«Chelsi» Enso Fernandes uchun «Manchester Siti»ga shart qo‘ydi
Agar belgilangan muddatgacha bunday taklif kelib tushmasa, 25 yoshli Enso Fernandes 2026/27-yilgi mavsumni «Chelsi» safida davom ettiradi.
So‘nggi kunlarda «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkinligi haqida ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska argentinalik futbolchini jamoasida ko‘rishni istamoqda.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, «Chelsi» «Manchester Siti»ga qat’iy talab qo‘ygan. «Shaharliklar» juma kuni soat 17:00 gacha Fernandes uchun 120 million funt (taxminan 140 million yevro) miqdorida rasmiy taklif taqdim etishi kerak.
Agar belgilangan muddatgacha bunday taklif kelib tushmasa, 25 yoshli Enso Fernandes 2026/27-yilgi mavsumni «Chelsi» safida davom ettiradi.
«Chelsi» yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 24-avgust kuni «Fulhem»ga qarshi o‘tkazadi.