Checheniston mustaqil tarzda neft qazib chiqaradi
“Chechennefteximprom” Checheniston ixtiyoriga berilganidan keyin respublika mustaqil tarzda neft qazib chiqaradi
“Chechennefteximprom” Checheniston ixtiyoriga berilganidan keyin respublika mustaqil tarzda neft qazib chiqaradi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Grozniy” davlat teleradiokanalidagi matbuot anjumanida bu soha, endilikda, chechen hukumati uchun ustuvor yoʻnalish hisoblanishini aytgan. “Bizda neft qazib olish, zavodlar qurish va investorlarni jalb qilish imkoni boʻladi”, deydi Qodirov.
REGNUM xabariga koʻra, Putin “Chechennefteximprom”ni Checheniston ixtiyoriga oʻtkazish boʻyicha farmonni 18 sentyabr kuni imzolagandi.