“Charm to‘p-2019”: Samarqandda ham kuchlilar saralanmoqda
Kecha Samarqand viloyatida ham ushbu musobaqaning 2-bosqichi yakunlandi. Jumladan, 14 avgust kuni “Do‘stlik” futbol o‘yingohida “Charm to‘p” an’anaviy futbol musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, shu kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan “Charm to‘p-2019” an’anaviy futbol turniri mamlakatimiz bo‘ylab qizg‘in davom etmoqda.
Kecha Samarqand viloyatida ham ushbu musobaqaning 2-bosqichi yakunlandi. Jumladan, 14 avgust kuni “Do‘stlik” futbol o‘yingohida “Charm to‘p” an’anaviy futbol musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni Kattaqo‘rg‘on shahri yoshlari qo‘lga kiritdi.
Ular hal qiluvchi bahsda Paxtachi tumani yoshlaridan ustun kelishdi. Kuchli uchlikni Narpay tumani jamoasi yakunlab berdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

