“Cadet and junior Asian Cup Tashkent-2026” turniri start oldi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” sport majmuasida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlagan Osiyo kubogining saralash bahslari boshlandi.
[gallery-29686]
Ikki kun davomida o‘smirlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. 30-31-may kunlari esa yoshlar orasida kuchlilar aniqlanadi.
Musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Mo‘g‘uliston, BAA, Qozog‘iston, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Shri-Lanka, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Saudiya Arabistoni kabi 20 dan ziyod davlatlardan kelgan 1200 nafarga yaqin sportchi o‘z mahoratini namoyon etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA