Buxoroda yirik paxta-töqimaçilik klasteri taşkil etiladi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning “Lihua Group” kompaniyasining Özbekistondagi boş direktori Ten Şe I va kompaniya vakili Van Xun Tu bilan navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi.
Buxoro viloyatida qişloq xöjaligi va töqimaçilik sanoatini özaro boğlagan holda rivojlantiriş, mavjud yer va resurslardan samarali foydalaniş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş borasida istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Xususan, Xitoyning “Lihua Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatda paxta yetiştirişdan tortib, uni çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulot işlab çiqarişgaça bölgan töliq texnologik zanjirni qamrab oluvçi yirik klaster taşkil etiş rejalaştirilgan.
Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan investitsiyalarni jalb qiliş, qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş, sanoatni diversifikatsiya qiliş va hududlarning iqtisodiy salohiyatini töliq işga solişga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.
Erişilgan kelişuvga muvofiq, Şofirkon tumanidan 20 ming, Romitan tumanidan esa 9 ming gektar çöl yerlarini özlaştiriş orqali paxtaçilik va töqimaçilik sanoatini yagona işlab çiqariş tizimiga birlaştiriş közda tutilgan. Bu nafaqat qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmini oşiriş, balki hududda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş uçun ham yangi imkoniyatlar yaratadi.
Ayni paytda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda “Jemçujina Romitan” masʼuliyati çeklangan jamiyati taşkil etilgan. Jamiyat tomonidan “Qoqiştuvon” hududidagi “Ernafas Xöjayev” massivida jami 2 ming gektar yer maydoni özlaştirildi. Joriy yilda uşbu maydonning 120 gektarida Şinjon texnologiyasi asosida paxta yetiştirildi. Bu dastlabki amaliy qadam kelgusida loyihani kengaytiriş va zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etiş uçun muhim tajriba vazifasini ötamoqda.
Kelgusi yilda özlaştirilgan barça yer maydonlarida paxta ekiş işlarini töliq yölga qöyiş va işlab çiqariş jarayonlarini tizimli taşkil etiş rejalaştirilgan.
Uçraşuvda loyiha doirasida avvalgi muloqotlarda belgilangan vazifalar ijrosi atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, uni amalga oşiriş jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni hal etiş, mavjud tösiqlarni bartaraf qiliş hamda hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Muhokama qilingan yönalişlar böyiça masʼullarga aniq vazifa va topşiriqlar berildi.
Taʼkidlaş joizki, mazkur loyihaning bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi natijasida bugunga qadar iqtisodiy foydalanişga kiritilmagan çöl hududlarida yangi yer maydonlari özlaştiriladi. Paxtaçilikda suv tejovçi va ilğor texnologiyalar qöllanilişi, hosildorlik hamda işlab çiqariş samaradorligi oşirilişi uçun zamin yaratiladi.
Eng muhimi, loyihaning yakuniy maqsadi faqat paxta yetiştiriş bilan çeklanmaydi. Yetiştirilgan xomaşyoni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatga ega töqimaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş, yangi sanoat quvvatlarini barpo etiş va eksport hajmini oşiriş asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Bunday yondaşuv qişloq xöjaligi va sanoat örtasidagi uzviy boğliqlikni mustahkamlab, Buxoro viloyatida yangi iqtisodiy ösiş nuqtalarini şakllantirişga xizmat qiladi. Ayni jarayonda yangi iş örinlari yaratilişi, mahalliy aholi bandligi taʼminlanişi va hududning investitsiyaviy jozibadorligi yanada oşişi kutilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri