Buxoroda yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazida «Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi, shahar va tumanlar axborot-kutubxona markazlaridan 14 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Ishtirokchilar kasbiy bilim va ko‘nikmalari, ijodiy yondashuvi hamda sohadagi amaliy tajribasini namoyon qildi.
Tanlov davomida ishtirokchilarning kasbiy salohiyati, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi, mantiqiy fikrlashi va sohaviy bilimlari baholandi.
[gallery-31620]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi Axborot-kutubxona fondlarini jamlash xizmati rahbari Taxmina Luqmonova birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Shofirkon tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Nargiza Muqimova ikkinchi, Vobkent tumani axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Dildora Nabiyeva uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA