Buxoroda yangi masjid faoliyatini boshladi
“Usmon ibn Affon” jome masjidi Buxoro tumani, “Yangiobod” MFYda joylashgan.
Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Usmon ibn Affon” jome masjidi 119-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Respublika boʻyicha masjidlar soni 2 ming 76 taga yetdi.
“Usmon ibn Affon” jome masjidi Buxoro tumani, “Yangiobod” MFYda joylashgan.

Xozirgi kunda viloyatda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining soni 597 ta. Diniy tashkilotlar soni 116 tani tashkil etadi. Shundan 106 tasi islomiy yoʻnalishda. 10 tasi noislomiy yoʻnalishdagi diniy tashkilotlardir.