Buxoroda xalqaro tadbirlar va sayyohlar uçun yangi turizm markazi barpo etilmoqda
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro şahrida qurilayotgan yangi turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişdi.
Qadimiy Buxoroning tarixiy obidalari, hunarmandçilik va gastronomiya anʼanalari sayyohlar uçun katta qiziqiş uyğotadi. Yangi markazda bu boy merosni zamonaviy xizmatlar bilan uyğunlaştiriş, şaharda yirik xalqaro madaniy va işbilarmonlik tadbirlarini ötkaziş uçun şaroit yaratiş közda tutilgan.

Prezidentimiz joriy yil yanvar oyida Buxoro şahrining boş rejasi muhokamasida madaniyat loyihalarini turizmni rivojlantiriş bilan boğliq holda amalga oşiriş, ularning iqtisodiy barqarorligi va sifatli boşqaruvini taʼminlaş zarurligini taʼkidlagan edi. Mazkur markaz ham mehmonlar uçun turli xizmatlarni bir hududda jamlaşga qaratilgan.

Majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 million dollar investitsiya yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Loyihaga köra, hududda qabullar uyi, körgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming örinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş şoxobçasi barpo etiladi. Şuningdek, sayilgohlar, hunarmandçilik markazlari va sunʼiy köl taşkil etiladi. Inşootlar qiyofasida Buxoro meʼmorçiligiga xos anʼanalarni zamonaviy yeçimlar bilan uyğunlaştiriş nazarda tutilgan.

Hozir markazning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini quriş işlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonga 50 ga yaqin maxsus texnika jalb qilingan.
Majmua töliq işga tuşgaç, 2 mingta iş örni yaratilişi, Buxoroga qöşimça 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilişi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga köra, mahalliy byudjetga yillik tuşum 288 milliard sömni taşkil etişi mumkin.

Prezidentimiz loyihaning ahamiyati bunyod etilayotgan binolar bilangina ölçanmasligi, asrlar davomida ilm-maʼrifat, savdo va hunarmandçilik markazi bölib kelgan Buxoroning şuhratiga munosib muhit yaratiş, uning boy merosini dunyoga yanada keng tanitiş muhimligini qayd etdi. Yangi markazga kelgan mehmon şarif şaharning tarixiy ruhini his etişi, bugungi taraqqiyotini körişi, buxoroliklar esa turizm rivojidan iş örni va daromad körişi lozim. Prezidentimiz loyihani ana şu maqsadlardan kelib çiqib amalga oşiriş vazifasini qöydi.


Şu yerning özida davlatimiz rahbari Buxoro infratuzilmasini 2027-yilda ötkazilişi rejalaştirilgan sammitlarga puxta tayyorlaş yuzasidan mutasaddilarning axborotlarini tingladi va tegişli topşiriqlar berdi.