Buxoroda xalqaro standartlarga muvofiq, 300 million dollarlik yangi aeroport qurilmoqda
U bir vaqtning özida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş imkoniga ega böladi.
Aeroportni şahar markazi bilan boğlaş uçun 24 kilometrli avtomobil yöli barpo etiladi. Şuningdek, avtobuslar uçun 5,5 kilometrli BRT yölagini taşkil etiş ham rejalaştirilgan.
Prezidentimiz aeroport va unga olib boradigan yölni Mustaqillik bayramigaça foydalanişga topşiriş vazifasini qöydi. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvçilar uçun qulaylik yaratişi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirişi taʼkidlandi.
Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga töğridan-töğri qatnovlarni yölga qöymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boşlaş topşirildi.
ÖzA