Buxoroda Vatan himoyachilari sharaflandi
Buxoro viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Botir Zaripov harbiylarni, ularning timsolida viloyat ahlini Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutladi.
[gallery-10286]
Viloyatda faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhiga viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbarining diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Viloyatning barcha tuman-shaharlarida harbiylar bilan uchrashuv va muloqotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA