Buxoroda uch avlod uchrashuvi
Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining maslahatchisi general-leytenant Bahodir Matlyubov, vazirlik Faxriylar Kengashi a’zolari va akademiyaning professor-o‘qituvchilari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari» shiori ostida «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tizimda amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z bordi.
Mehmonlar viloyat IIV Buxoro Akademik litseyi qoshida faoliyatini boshlagan «Jasorat tarixiy muzeyi»da bo‘ldi. Mazkur muzey Buxoro viloyati ichki ishlar organlarining shonli tarixi haqida so‘zlaydi.
[gallery-4771]
«Uch avlod uchrashuvi» qatnashchilari Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda 3-son Ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, u yerda xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA