Buxoroda jamoat transporti harakati tiklanmoqda
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 17-avgustidan boshlab jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan joriy yilning 17-avgustidan boshlab jamoat transporti, shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyilishi belgilandi.
Shunga koʻra, joriy yilning 17-avgust kunidan boshlab Buxoro viloyati boʻylab shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnovlari (mikroavtobus va damaslardan tashqari) qayta tiklanmoqda.
Sanitariya va epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida avtobuslarni dezinfeksiyalash qatʼiy nazoratga olinadi. Viloyat transport boshqarmasi axborot xizmatining xabariga koʻra, barcha avtotransport korxonalarida yoʻnalishga chiqish oldidan har bir haydovchining tana harorati oʻlchanib, tibbiy niqob va qoʻlqop bilan taʼminlanishi nazoratga olinadi. Tana harorati 37 darajadan oshgan boʻlgan haydovchilarning ishga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shuningdek, yoʻnalishga chiqish oldidan hamda yoʻnalishdan qaytgandan soʻng barcha avtotransport korxonalarida har bir avtobus toʻliq dezinfeksiya qilinishi taʼminlanadi. Tibbiy niqobsiz va tana harorati 37 darajadan oshgan yoʻlovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi.