Buxoroda ekspert nomzodlari malaka oshirdi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tomonidan malakani baholash jarayonlariga jalb etiladigan ekspert nomzodlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Besh kun davom etgan o‘quv dasturi davomida tinglovchilar milliy malaka tizimining huquqiy va institutsional asoslari, kasbiy standartlar va tarmoq malaka ramkalarini ishlab chiqish hamda joriy etish, malakani baholash vositalarini yaratish, zamonaviy baholash usullari va xalqaro tajriba bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldi.
[gallery-30563]
Mashg‘ulotlarda amaliy keyslar tahlili, baholash jarayonlarini modellashtirish, interaktiv muhokamalar va tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi.
O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 18 nafar tinglovchiga malakani baholash markazlarida ekspert sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
Ta’kidlanganidek, bunday o‘quv kurslari milliy malaka tizimini takomillashtirish, malakani baholash jarayonlarining xolisligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA