Buxoro: yangilanişlar surʼati, iqtisodiy yuksaliş va yangi taraqqiyot marralari
Taşrifdan taşrifgaça
Har bir taşrif – yangi vazifalar, yangi taşabbuslar va ulkan bunyodkorlik işlari uçun turtki. Buxoro viloyatida sönggi yillarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, işga tuşirilayotgan investitsiya loyihalari, yangilanayotgan infratuzilma va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar bu jarayonning hayotiy ifodasiga aylanmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga navbatdagi taşrifini boşladi. Taşrif doirasida davlatimiz rahbari hududlarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, yangi işlab çiqariş quvvatlari, investitsiya loyihalari va ijtimoiy soha obʼektlari faoliyati bilan tanişişi, viloyatning kelgusi taraqqiyotiga daxldor muhim vazifalarni belgilab berişi kutilmoqda.
Bu taşrifni faqat navbatdagi rasmiy safar sifatida baholaş töğri bölmaydi. Zero, Buxoroda bugun közga taşlanayotgan özgarişlar zamirida yillar davomida şakllangan aniq maqsadlar, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar, qabul qilingan qarorlar va ularning izçil ijrosi mujassam. Eng muhimi, bu jarayonda iqtisodiy ösişni taʼminlaş bilan bir qatorda inson manfaatlarini röyobga çiqariş, har bir mahalla va oila hayotiga ijobiy özgariş olib kiriş ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Taşrifdan taşrifgaça Buxoroning iqtisodiy salohiyati tobora yuksalib, hududning taraqqiyot manzarasi özgarib bormoqda. Bunda davlatimiz rahbarining har bir hududning mavjud imkoniyatlarini töliq işga soliş, investitsiya muhitini yaxşilaş, sanoatni diversifikatsiya qiliş va tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan siyosati muhim omil bölmoqda.
Xususan, Prezidentimizning 2024-yil 5-dekabrdagi “Buxoro viloyatida sanoat va xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori hudud iqtisodiyotida yangi bosqiçni boşlab berdi. Unda belgilangan vazifalar sanoatni kengaytiriş, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, xizmat körsatiş tarmoqlarini rivojlantiriş va aholi bandligini taʼminlaşda muhim dasturilamal böldi. Natijalar esa raqamlarda ham yaqqol körinmoqda.
Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 77,6 trillion sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 foiz ösiş qayd etildi. Sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 46,3 trillion sömga, quriliş işlari 16,4 trillion sömga, bozor xizmatlari esa 39,7 trillion sömga yetdi. Investitsiyaviy faollik ham izçil ösmoqda. Töqqiz oy davomida 2,7 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar va kreditlar özlaştirilib, belgilangan reja 135 foizga bajarildi. Eksport va turizm xizmatlari hajmi esa 1,1 milliard dollarni taşkil etdi. Bu raqamlar, avvalo, viloyat iqtisodiyotida yangi işlab çiqariş quvvatlari paydo bölayotgani, tadbirkorlar uçun imkoniyatlar kengayayotgani va Buxoroning xalqaro iqtisodiy hamkorlikdagi örni mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Buxoroning iqtisodiy kelajagi köp jihatdan sanoat salohiyatini kengaytiriş, mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga boğliq. Şu nuqtai nazardan, viloyatda amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihalari alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, Kogon tumanida barpo etilgan “Buxoro sanoatni rivojlantiriş kompleksi” maxsus sanoat parkida umumiy qiymati 216 million dollar bölgan 10 ta istiqbolli loyiha amalga oşirilmoqda. Ularning natijasida 955 ta yangi iş örni yaratilişi közda tutilgan.
Peşku tumanidagi “Taskazgan” grafit konida Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda 100 million dollarlik grafit qazib oliş va qayta işlaş loyihasining boşlangani ham muhim voqea böldi. Bu nafaqat yangi sanoat tarmoğini şakllantiriş, balki mavjud tabiiy resurslardan samarali foydalaniş imkoniyatini ham kengaytiradi.
Ğijduvon erkin iqtisodiy zonasining Buxoro tumani hududida esa Eron investorlari iştirokida 340 million dollarlik neft-kimyo klasterini barpo etiş işlari olib borilmoqda.
Qorovulbozor tumanida 15 million dollarlik modifikatsiyalaşgan oltingugurt va kompleks öğitlar işlab çiqariş loyihasining işga tuşirilişi natijasida 150 ta yangi iş örni yaratildi.
Bu loyihalarning har biri muayyan hududning iqtisodiy ixtisoslaşuvini kuçaytiriş, mahalliy aholi uçun daromad manbalarini köpaytiriş va yangi kooperatsiya zanjirlarini şakllantirişga xizmat qiladi.
Ayniqsa, sanoatni faqat viloyat markazida emas, balki tumanlar böyiça rivojlantirişga eʼtibor qaratilyotir. Çunki yangi korxona tumanga kirib kelişi bilan birga, uning atrofida transport, logistika, xizmat körsatiş, savdo va boşqa yönalişlarda ham iqtisodiy faollik kuçayadi.
Demak, bugungi vazifa faqat investitsiya jalb qiliş emas, balki uning natijasini aholi hayotida his etiladigan darajaga yetkazişdan iborat.
Iqtisodiy islohotlarning eng muhim natijasi inson hayotidagi özgarişlarda namoyon böladi. Şu bois Buxoroda aholi bandligini taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş va odamlarni daromadli mehnatga jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Birgina 2025-yilda viloyat böyiça 275 ming 931 nafar aholining bandligi taʼminlangani bu boradagi işlar kölamini körsatadi. Xorijdan qaytgan qariyb 75 ming nafar mehnat migrantining muammolari örganilib, ularning 72 mingdan ortiği doimiy va mavsumiy iş örinlari hamda tadbirkorlik faoliyatiga yönaltirildi.
Şuningdek, tomorqa yer egalari va dehqon xöjaliklarini qöllab-quvvatlaş orqali oilalar daromadini oşirişga qaratilgan amaliy işlar ham kengaymoqda. Jumladan, tegişli jamğarma hisobidan 20 milliard sömlik ssuda mablağlari ajratilib, 5 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga ixçam issiqxonalar yetkazib berildi. Bu aholini faqat iş bilan taʼminlaş emas, balki uning öz mehnati orqali mustaqil daromad topişi uçun şaroit yaratiş demakdir.
[gallery-32322]
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida doimiy işga joylaştiriş böyiça belgilangan reja ham ortiği bilan bajarildi. 35 ming nafar aholini iş bilan taʼminlaş rejalaştirilgan bölsa, amalda 41,8 ming nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi.
Ğijduvon tumanida 70 ta mahallada 1 ming 899 ta mikroloyihaning şakllantirilişi ham mahallabay işlaş tizimining amaliy natijasidir. Tumanni sunʼiy intellekt va ilğor texnologiyalar yordamida işsizlikdan xoli hududga aylantiriş maqsadida qiymati 1,7 trillion sömlik 43 ta istiqbolli loyiha röyxati şakllantirilgani esa kelgusi taraqqiyot uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda.
Aslida, har bir yangi iş örni ortida bir oilaning barqaror daromadi, farzandlar taʼlimi va kelajagiga bölgan işonç, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik mujassam. Şuning uçun ham bu yönalişdagi işlar islohotlarning eng muhim mezoni bölib qolmoqda.
Buxoro zamini azaldan dehqonçilik va çorvaçilik anʼanalari bilan maşhur. Biroq bugungi şaroitda anʼanaviy tajribaning özi yetarli emas. Yer va suv resurslaridan tejamkor foydalaniş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, hosildorlikni oşiriş va mahsulot tannarxini pasaytiriş davr talabiga aylandi. Şu bois viloyatda qişloq xöjaligini modernizatsiya qilişga qaratilgan işlar izçil davom ettirilmoqda.
2026-yilda foydalanişga kiritilişi belgilangan 13,7 ming gektar yer maydoni böyiça amaliy işlar olib borilib, 13 ming 559 gektar yer özlaştirildi. Bu hududning agrar salohiyatini kengaytiriş, qöşimça mahsulot yetiştiriş va yangi daromad manbalarini yaratişda muhim ahamiyatga ega.
Paxtaçilikda esa Xitoyning Şinjon hududida qöllanilayotgan ilğor texnologiyalar asosida qöşqator ekiş, plyonka va tomçilatib suğoriş usullarini joriy etiş orqali hosildorlikni oşiriş, qöl mehnatini kamaytiriş borasida salmoqli natijalarga erişilmoqda.
“Merganteks” paxta-töqimaçilik klasteri tajribasi asosida kiçik konturlarni birlaştiriş, yerlarni lazerli tekislaş va suv tejovçi texnologiyalarni tatbiq etiş ham soha samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Jondor tumanida Jongeldi va Aleli hududlarida yangi yer maydonlarining özlaştirilib, qişloq xöjaligi oborotiga kiritilişi esa yer resurslaridan foydalaniş borasidagi imkoniyatlar hali töliq işga solinmaganini körsatadi. Eʼtiborli jihati, agrotexnik tadbirlarda agrodronlardan foydalaniş uçun huquqiy asoslar yaratilişi sohada raqamli texnologiyalar davri boşlanayotganidan dalolat beradi.
Suv tanqisligi sezilayotgan hududda bu kabi yondaşuvlar ayniqsa muhim. Zero, Buxoroda har bir tomçi suvning qadri bor. Şu bois suv tejovçi texnologiyalar, irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş kelgusi yillarda ham ustuvor vazifalardan biri bölib qoladi.
Sönggi yillarda Buxoro şahri va tumanlar qiyofasida ham katta özgarişlar yuz bermoqda. Zamonaviy turar joylar, xizmat körsatiş maskanlari, sayilgohlar va yangi transport infratuzilmasi hududning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy muhitini ham özgartirmoqda.
Buxoro şahridagi “Buxoro Siti” majmuasida zamonaviy işbilarmonlik va turar joylar markazi bilan bir qatorda sayilgohlar, favvoralar, köngiloçar maskanlar va restoranlarning barpo etilişi şaharning yangi qiyofasini şakllantirmoqda.
Buxoro şahrining Gulçorboğ mahallasida viloyatning yangi maʼmuriy markazini barpo etiş işlari ham jadal davom etmoqda. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaratiş, taşqi gaz, içimlik suvi, oqova suv va elektr taʼminoti infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar uşbu hududning kelgusidagi imkoniyatlarini belgilab beradi.
Şaharsozlikda zamonaviy rejalaştirişga ötilayotgani ham muhim. Viloyatda 62 ta massivning master-rejalari işlab çiqilgani, tunu kun faoliyat körsatadigan 54 ta köçada obodonlaştiriş işlari amalga oşirilgani hududlarni kompleks rivojlantirişga bölgan yondaşuv özgarayotganini anglatadi.
Transport tizimidagi yangilanişlar ham aholi kundalik hayotida sezilarli qulayliklar yaratmoqda. Buxoro şahrida jamoat transportida yöl haqini elektron şaklda tölaş tizimining töliq joriy etilişi, Xitoydan 237 ta zamonaviy avtobus xarid qilinib, yönalişlarga çiqarilişi bu boradagi muhim qadamlardan böldi.
Bundan taşqari, Jahon bankining “Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” loyihasi doirasida Ğijduvon va Şofirkon tumanlarining fazoviy rejalari işlab çiqilmoqda. Bu esa kelgusida aholi punktlarini rejali rivojlantiriş, transport va muhandislik infratuzilmasini uyğunlaştirişga xizmat qiladi.
Buxoroning dunyoga maşhurligi, avvalo, uning boy tarixi, betakror meʼmoriy obidalari va maʼnaviy merosi bilan boğliq. Bugungi vazifa esa ana şu merosni asrab-avaylaş barobarida uni zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan uyğunlaştirişdan iborat.
Şu maqsadda viloyatda ziyorat, madaniy, ekologik va rekreatsion turizm yönalişlarini rivojlantirişga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, “Çor Bakr” meʼmoriy majmuasida sizot suvlari sathini pasaytiriş uçun tik drenaj quduqlari qazilib, hudud zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yuqori tezlikdagi Wi-Fi va onlayn videokuzatuv tizimi bilan taʼminlanmoqda. Fransiyaning nufuzli arxitektura kompaniyalari bilan hamkorlikda majmua master-rejasini işlab çiqiş işlari olib borilmoqda.
“Tödaköl” turistik-rekreatsion zonasini taşkil etiş böyiça Hukumat qarori loyihasining işlab çiqilişi ham viloyat turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Şuningdek, Zarbdor tumani tajribasi asosida viloyatning sakkizta tumanida sohilböyi drayver loyihalarining amalga oşirilişi natijasida daryo va kanallar böylarida zamonaviy xizmat körsatiş hamda dam oliş maskanlari taşkil etilmoqda.
Bunday loyihalarning ahamiyati faqat sayyohlar oqimini köpaytiriş bilan çeklanmaydi. Ular mahalliy aholi uçun yangi iş örinlari, kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlarini ham yaratadi.
Prezidentimiz Buxoro viloyatiga taşrifi davomida viloyatning turizm salohiyatini yanada rivojlantiriş maqsadida “Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş haqida muhim topşiriq bergan edi. Mazkur topşiriq ijrosini taʼminlaş maqsadida Buxoro tumanidan yangi xalqaro aeroport hamda unga olib boruvçi avtomobil yöllarini quriş uçun jami 370 gektar yer maydoni tanlandi. Davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida quriliş işlari boşlab yuborildi. Loyihaga köra, bu yerda uzunligi 3,3 km bölgan barça turdagi havo kemalarini qabul qiliş imkoniyatiga ega bölgan uçiş-qöniş yölagi, soatiga 1 200 yölovçiga yuqori darajada xizmat körsatiş imkoniyatiga ega bölgan aerovokzal binosi quriladi. Umuman, 226 million AQŞ dollarlik loyiha jahon standartlariga mos aeroport infratuzilmasini taşkil etadi.
Bugun iqtisodiy ösişni taʼminlaşda mavjud resurslardan oqilona foydalaniş ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Energiya resurslarini tejaş, işlab çiqariş jarayonlarida zamonaviy texnologiyalarni qöllaş va infratuzilmadagi yöqotişlarni kamaytiriş borasida ham Buxoroda muayyan natijalarga erişilmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida 123,3 million kilovatt-soat elektr energiyasi hamda 50,3 million kub metr tabiiy gaz tejaldi.
Bu körsatkiçlar iqtisodiyotdagi samaradorlik faqat işlab çiqariş hajmini oşiriş bilan emas, balki har bir resursdan unumli foydalaniş bilan ham belgilanişini körsatadi.
Albatta, erişilgan natijalar Buxoro taraqqiyotining muhim bosqiçi, xolos. Oldinda hali bajarilişi lozim bölgan vazifalar, işga tuşirilişi kutilayotgan loyihalar va töliq işga solinişi zarur bölgan imkoniyatlar talaygina.
Eng avvalo, jalb qilinayotgan sarmoyalarning real iqtisodiy samarasini taʼminlaş, loyihalarni belgilangan muddatlarda işga tuşiriş, yangi iş örinlarining barqarorligini taʼminlaş, eksport hajmini oşiriş va aholi daromadlarini yanada köpaytiriş muhim ahamiyatga ega.
Şuningdek, tuman va mahallalarning öziga xos imkoniyatlaridan kelib çiqib, ularni rivojlantirişning aniq mexanizmlarini işlab çiqiş, qişloq xöjaligida suv tejovçi texnologiyalarni kengaytiriş, zamonaviy xizmat körsatiş tarmoqlarini rivojlantiriş ham dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
Prezidentimizning navbatdagi taşrifi ana şu vazifalarni yangi bosqiçga olib çiqişi, amalga oşirilayotgan islohotlarga qöşimça surʼat bağişlaşi bilan ahamiyatlidir.
Taşrifdan taşrifgaça Buxoro özgarmoqda. Keçagi rejalar bugun amaliy natijaga, bugungi loyihalar esa ertangi taraqqiyot poydevoriga aylanmoqda. Yangi korxonalar, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari, obod mahallalar, ravon yöllar va kengayib borayotgan xizmat körsatiş imkoniyatlari hududning yangi qiyofasini şakllantirmoqda.
Eng muhimi, bu özgarişlar inson manfaatlariga xizmat qilişi, har bir oila hayotida ijobiy aks etişi kerak. Zero, taraqqiyotning haqiqiy mezoni qurilgan inşootlar yoki iqtisodiy körsatkiçlar bilangina emas, balki odamlarning hayoti qançalik yaxşilanayotgani, ularning ertangi kunga işonçi qay darajada mustahkamlanayotgani bilan belgilanadi.
Buxoro bugun ana şu maqsad sari dadil odimlamoqda. Prezidentimizning navbatdagi taşrifi esa hudud taraqqiyotida yangi marralar, yangi taşabbuslar va yangi imkoniyatlarga yöl oçişi, şubhasiz.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
ÖzA muxbirlari