BuxDUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov imtixonlar boshlanishidan oldin abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar tanishdi. Respublikamizning boshqa oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Ularga jarayonni shaffof olib borish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yana bir bor eslatildi.
Buxoro davlat universitetida joriy o‘quv yilida abituriyentlar «Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik», «Cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (rubob prima, qashqar vaa afg‘on rubobi)», «Rangtasvir: dastgohli», «Amaliy san’at: badiiy kulolchilik», «Sport faoliyati: boks», «Sport faoliyati: kurash», «Sport faoliyati: futbol», «Sport faoliyati: erkin kurash», «Sport faoliyati: voleybol» yo‘nalishlari bo‘yicha jami 730 nafar abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshiradi.


Prezidentimizning «2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan joriy o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.
Zarif Komilov, O‘zA