Bugunning seriallari tomoshabinni qayerga yetaklamoqda?! (+video)
Seriallar o‘zbekistonliklar tomonidan azaldan eng ko‘p muhokama qiladigan mavzulardan biri. Avval xorij seriallari milliy mentalitetimizga, ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydi, dedik. Bu bilan xususiy telekanallardagi ayrim xorijiy seriallar qisman, ba’zilari to‘liqligicha efirdan olib tashlandi.
Go‘yoki shu bilan muammoga vaqtinchalik yechim topildi. Muammoga yechimni efir vaqtini o‘zimizning milliy o‘zbekona seriallarni ko‘proq ishlab chiqarishda ko‘rib, efirni o‘zimizning mahsulotlarimiz bilan boyitishga kirishdik. Natijada asl maqsad unutilib, nodavlat telekanallar kimo‘zarga bahslashib, sifatga emas, balki tomoshabop mavzularga urg‘u berilgan seriallar bilan efir vaqtlarini to‘ldira boshladi. Xo‘sh, bugungi seriallarning asosiy mavzusiga aylanib borayotgan axloqsizlik, fahsh va dayuslikni ochiqchasiga olib chiqayotgan "ijodkorlar" nimani maqsad qilishgan? Ularni kim nazorat qiladi?
Bugun biz xalqimizning ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan, badiiy mazmuni yuqori, g‘oyaviy jihatdan milliy manfaatlarimizga javob beradigan o‘zbekona seriallarni tayyorlash uchun nima halaqit berayotgani haqida kinoshunos va telejurnalist Shoxira Hamro bilan suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/k685CJjRujQ" title="Bugunning seriallari tomoshabinni qayerga yetaklamoqda?!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Batafsil: Ko‘rib turganingizdek, bu mavzu allaqachon hukumat darajasida yechim topishi kerak bo‘lgan katta muammoga aylanib bo‘lgan.
"Men serial ko‘rmayman, menga mavzuning aloqasi yo‘q", deydiganlar adashadi. Hech bo‘lmaganda yaqinlarimizdan biri televizor tomosha qiladi. Loqaydligimiz evaziga bugun kichkina bo‘lib ko‘ringan muammo ertaga katta bir fojeaga aylanib ulgurmasidan har birimiz tomoshabin sifatida sog‘lom tanlov qilishni o‘rganishimiz kerak.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov, O‘zA