“Bugungi mukofot – mas’uliyat” – G‘iyos Boytoyev (+video)
“Qaysi millatning adabiyoti boy, musiqasi yurakka yaqin, teatri hayotiy, kinosi ta’sirchan, san’ati jozibador bo‘lsa, o‘sha xalqning ovozi dunyoda baland eshitiladi”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-iyun kuni poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirish marosimida.
Bunday rag‘batning ahamiyati va mas’uliyati xususida O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti mukofotiga loyiq ko‘rilgan, elimiz sevgan san’atkor G‘iyos Boytoyev o‘z fikrlarini bildirdi.
– Davlat tomonidan taqdirlanish, bu – buyuk unvon. Biz endi mas’uliyatni yanada ko‘proq olib, xalqqa xizmat qilish uchun kurashish, harakat qilish, e’tiborga labbay, deb javob berishimiz kerak. Yoshlar va bizdan keyingi san’atkorlarga ham mana shunaqa oliy mukofotlar olish nasib etsin. Ushbu mukofotdan keyin biz ijodni yana ham yuksaltiramiz. Bahorlar to‘g‘risida ko‘p kuylaganmiz, yanada ko‘p qo‘shiqlar yaratamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OMEV0dg2lNo" title="“Bugungi mukofotimiz – buyuk mas’uliyat” – G`iyos Boytoev" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, Yoqubjon MELIBOEV, O‘zA