Bugun tug‘ilgan kun – Xayrullo Bozorov
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 1976 yil 16 yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan.
1997 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Mehnat faoliyatini viloyat Davlat soliq boshqarmasida boshlab, soliq sohasida tur mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
So‘ng Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari, shuningdek, Uchqo‘rg‘on, Chust, Mingbuloq tumanlarida hokim sifatida ishlagan.
2015 2020 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida,
2020 yildan hozirgi vaqtga qadar Farg‘ona viloyati hokimi vazifasida ishlab kelmoqda.
Xayrullo Bozorov mamlakat oldidagi xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
***
Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @U_Qurbonov
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru