Bugun tug‘ilgan kun – Shavkat Abdurazzoqov
Namangan viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov 50 yoshga to‘ldi.
Namangan viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov 50 yoshga to‘ldi.
Shavkat Abdurazzoqov 1976-yil 20-avgustda Namangan shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 1998-yili Namangan sanoat-texnologiya instituti (hozirgi Namangan davlat texnika universiteti), 2006-yili Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida mahalliy va respublika davlat boshqaruvi idoralarida mas’ul vazifalarda ish olib borgan. Xususan, 2015-2017-yillarda Namangan tumani hokimi, 2017-2020-yillarda Namangan shahar hokimi, 2020-yil mart-sentabr oylari davomida Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2020-yil 25-sentabrdan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajarib kelgan Shavkat Abdurazzoqov 2021-yil 19-fevralda Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lidagi samarali mehnatlari davlat tomonidan e’tirof etilib, Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov 2019-yil avgust oyida Prezident farmoniga ko‘ra, "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan mukofotlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan «Bugun tug‘ilgan kun» loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
O‘zA