Bugun tug‘ilgan kun – Qobul Tursunov
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov 1964 yil 30 martda hozirgi Karmana tumanida tug‘ilgan.
Qobul Tursunov 1993 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yil Buxoro davlat universitetini, 2005 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
U mehnat faoliyatini 1981 yil Karmana tumani (oldingi Navoiy tumani) 18-ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishchisi vazifasida boshlagan. Q.Tursunov keyinchalik mas’ul lavozimlarda ishladi. Xususan, 2012 yildan 2016 yilga qadar Nurota tumani hokimi hamda Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. U 2016 yildan buyon Navoiy viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Qobul Tursunov 2016 yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali, 2020 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!
O‘zA