Bugun tugʻilgan kun 19-oktyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri — makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari Jamshid Qoʻchqorov 1964-yil 19-oktyabrda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan.

J.Qoʻchqorov 1985-yil Toshkent xalq xoʻjaligi institutini va 1996-yil Kolorado shtatining Iqtisodiyot institutini (AQSH) tamomlagan. U iqtisod fanlari nomzodi.
J.Qoʻchqorov mehnat faoliyati davomida bank-moliya sohasida masʼul lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2005-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari, 2016-2017-yillarda moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
U 2017-yil 28-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - moliya vaziri-makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari etib tayinlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshgan va qoʻshayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37
Saytimizni kuzatib boring!