Bugun san’at va madaniyat sohasida cheksiz imkoniyatlar bor... (+video)
Haqiqatan ham, bugungi kunda san’at va madaniyat sohasi misli ko‘rilmagan transformatsiya davrini boshdan kechirmoqda. Raqamli texnologiyalar, globallashuv va erkin muloqot ijodkorlar va madaniyat ixlosmandlari uchun cheksiz ufqlarni ochmoqda.
Davlatimiz rahbari jamiyatimizda milliy ruhni mustahkamlashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bugun xalqni ilhomlantiradigan adabiyot, yoshlarga faxr va iftixor beradigan kino, qalblarni junbishga keltiradigan musiqa, odamni o‘zini anglashga undaydigan teatr kerakligi ta’kidlangani bejiz emas.
Bugungi lavhamizda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Shohrux Yuldashev va “Do‘stlik“ ordeni sohibi, xonanda G‘aybulla Tursunov bugungi kunda san’at va madaniyat sohalariga berilayotgan cheksiz imkoniyatlar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdilar.
Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA