Bugun, 6 oktyabr - O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilgan kun. Bu voqea rasmiy Buxarest davlatimiz mustaqilligini e’tirof etgach, to‘rt yil o‘tib sodir bo‘lgan. 1999 yildan Toshkentda Ruminiya elchixonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ikki davlat o‘rtasidagi shartnomaviy-huquqiy asosni 1994 yildagi savdo-iqtisodiy hamda 2013 yildagi Iqtisod, sanoat va texnik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar tashkil etadi.

1996 yil 6 iyunda imzolangan Ruminiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ikki tomonlama munosabatning do‘stlik, o‘zaro ishonch, hamkorlik va o‘zaro hurmat qilish tamoyiliga asoslanganini nazarda tutadi.

Ruminiya diplomatiyasi tarixi teran ildizlarga ega. Joriy yil iyul oyida Buxarestda va mamlakatning chet eldagi xorijiy vakolatxonalarida mamlakat diplomatiyasining 160 yilligi keng nishonlandi. Bu davlatning dastlabki tashqi ishlar mahkamasi sifatida «Xorijiy va davlat ishlari departamenti» (hozirgi Tashqi ishlar vazirligi) tashkil etilgan.

Mazkur sananing Toshkentda nishonlanishi doirasida Ruminiya tarixi, madaniyati, san’atidan hikoya qiluvchi 44 jildli kitob Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga hadya qilinadi.

A.G‘ulomov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun - O‘zbekiston va Ruminiya diplomatik munosabat o‘rnatgan kun