Bugun Oʻzbekistonda “Jimjitlik kuni”
Jahon saylov amaliyotida saylovga bir kun qolganda saylov tashviqoti toʻxtatiladi va “Jimjitlik kuni”, deb ataladi.
Jahon saylov amaliyotida saylovga bir kun qolganda saylov tashviqoti toʻxtatiladi va “Jimjitlik kuni”, deb ataladi.
Mamlakatimizda ham saylovdan bir kun oldingi kun saylov tashviqotlari toʻxtatiladi.
Saylov kodeksining 44-moddasiga koʻra, saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bu imkoniyat saylovchilarga oʻzi ovoz beradigan partiya, deputatlikka nomzod haqida chuqur oʻylab, bir qarorga kelishiga yordam beradi.