O‘zbek xalqi o‘zining milliy qadriyatlari va an’analarga boy ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, ushbu qadriyatlarimizning har birida o‘zligimizning odob-axloq me’yorlari asosida shakllanganligi esa bizning har qancha faxrlanishimizga arziydi. Shunday emasmi? Ayni damda ana shunday bebaho sanalgan, ammo ayrim omillar sabab bugungi kunda bir oz unutila borayotgan qadriyatlarimizdan biri haqida gaplashamiz.

Bolalikdan har birimiz taomlanish uchun dasturxon atrofidan joy egallaganimizda “avval qo‘lingni yuv”, “ovqatlanish vaqtida gaplashma, taomga so‘laging sachraydi”, “ovqatga kattalardan so‘ng qo‘l uzat”, “hamma ovqatlanib bo‘lgach, dasturxonni tark et” va h.k. kabi tanbehlarni eshitganmiz. Ushbu tanbehlarki, dasturxon atrofida o‘tirish qadriyati orqali oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan hurmat-ehtiromi, mehr-oqibatini saqlab qolishi va ularning o‘zbek millatiga xos kamol topishida muhim rol muhim rol o‘ynaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZmMla4fzmRk" title="Bugun kattalar  tanbeh bermay qo‘ydi-mi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Ammo achinarlisi, oxirgi paytlarda ushbu odatlarga nafaqat yoshlar balki yoshi kattalar tomonidan ham e’tiborsizlik bilan yondashilayotganligi, natijada oila a’zolarini bir muddat jamul-jam bo‘lishlariga undaydigan dasturxon qadr-qimmatining tushib borayotganligiga guvoh bo‘lib qolyapmiz.

Xo‘sh, shu kabi holatlarga nima sabab bo‘lmoqda?

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — Ra’no Turdiboyeva bu borada o‘z munosabatini bildirdi va joylarda qo‘mita tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot ishlari haqida to‘xtaldi.

M. Eshmirzayeva, D. Yakubov (video), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun kattalar bu tanbehlarni bermay qo‘ydi-mi? (+video)