Bugun, 18 oktyabr kuni Afina (Gretsiya) shahrida 2022 yil 4-22 fevral kunlari Pekin shahrida o‘tkaziladigan XXIV qishki olimpiya o‘yinlari mash’alasini yoqish marosimi bo‘lib o‘tadi.

 Olimpiya o‘yinlari mash’alasini yoqish marosimi olimp vatani – Afinada 1936 yili yo‘lga qo‘yilgan. Shundan beri ushbu tadbir an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.  

 2022 yilgi qishki olimpiya o‘yinlarining mash’alasini bu safar tog‘ chang‘isi bo‘yicha gretsiyalik sportchi Yannis Ioannis Antonis yoqadi va boshqa sportchilarga uzatadi. Pekin-2022 mash’alasi bir kun mobaynida Gretsiya bo‘ylab olib o‘tiladi va 19 oktyabr kuni Afinadagi "Panatinaikos" stadionida Xitoy sport delegatsiyasiga tantanali ravishda taqdim etiladi.  

 Joriy yilning 20 oktyabridan e’tiboran qishki olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi ishlab chiqqan “Yo‘l xaritasi”ga binoan o‘yinlarning mash’alasi 2022 yilning 4 fevraliga qadar Xitoyning turli shahar va mintaqalari bo‘ylab olib o‘tiladi.  

 T. Ro‘ziyev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun Gretsiyada qishki olimpiya o‘yinlari mash’alasi yoqiladi