Brovdi: Azovdagi bosqich yakunlandi, endi navbat Qora dengizga
Ukrainaning uchuvchisiz boshqariladigan tizimlari RF flotini nishonga olishni kengaytirdi - Azov dengizidan keyin ular endi Qora dengizdagi rus kemalarini nishonga olishdi.
Bu haqda Ukrainaning uchuvchisiz boshqariladigan tizimlar kuchlari qo‘mondoni Robert Brovdi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Azov dengizidagi dastlabki bosqich allaqachon yakunlangan va endi navbat Qora dengizga keldi.
- Azov dengizidagi Rossiya soya flotining 116 ta kemasi - dengiz jangining birinchi bosqichi tugadi. Endi navbat Qora dengizga. Rasmiy hisobot keyinroq, video dalillar bilan birga havola etiladi, deb yozdi Brovdi.
G.Sattorova, O‘zA