Brexit boʻyicha bitim ortga surildi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit boʻyicha bitimni 2019 yilning 21 yanvarida parlamentda ovozga qoʻyadi, deyiladi Reuters xabarida.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit boʻyicha bitimni 2019 yilning 21 yanvarida parlamentda ovozga qoʻyadi, deyiladi Reuters xabarida.
Bu ovoz berish jarayoni aslida 11 dekabrda boʻlishi kerak edi, lekin Mey parlamentdagi holatni hisobga olib, uning muddatini ortga surdi.
Eslatib oʻtamiz, kelgusi yilning martida Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqadi, lekin unga qadar London va Bryussel oʻrtasidagi bitim britan parlamentida qabul qilinishi lozim.