Braziliya prezidenti va Portugaliya bosh vaziri o‘z terma jamoalarining jahon chempionatida kutilayotgan natijalari bilan o‘rtoqlashdi
Bu menga 1966-yilgi jahon chempionatini eslatmoqda.
Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva hamda Portugaliya bosh vaziri Luis Montenegro o‘rtasida terma jamoalarining bo‘lajak jahon chempionatidagi ishtiroki haqida suhbatlashdi.
Braziliya rahbari 1966-yilda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini eslab, Portugaliya terma jamoasi Eusebio yetakchiligida Pelesi bor Braziliyani mag‘lub etib, turnirdan chiqarib yuborgani haqida to‘xtaldi.
"Bu yil juda muhim, chunki bu jahon chempionati yili. Bu menga 1966-yilgi jahon chempionatini eslatmoqda. O‘shanda Portugaliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Eusebio, Braziliyada esa Pele kabi bir qator afsonaviy futbolchilari bor va portugallar ularni mag‘lub etib, musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Umid qilamanki, joriy yildagi mundialda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Vinisius Junior yetakchiligidagi Braziliyani mag‘lub etishga harakat qilmaydi", - dedi prezident.
Portugaliya bosh vaziri esa bunga javoban: "Albatta bu ishni faqatgina finalda qilishimiz mumkin", - deya javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslariga 11-iyun kuni start beriladi. Mundialga AQSh, Meksika va Kanada maydonlari mezbonlik qiladi.