Braziliya milliy terma jamoasi Buxoroda
Shu kunlarda dunyo nigohi 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadigan Futzal bo‘yicha Jahon Chempionatining markaziga aylangan O‘zbekistonga qaratilgan. Avval, xabar berilganidek, Futzal bo‘yicha jahon chempionatining “B” va “F” guruh uchrashuvlari Buxoro shahrida o‘tkaziladi. Buxoro shahri “B” (Braziliya, Kuba, Xorvatiya, Tailand) va “F” (Eron, Venesuela, Gvatemala, Fransiya) guruhi bahslariga mezbonlik qiladi.
Jahon chempionati ishtirokchilaridan Braziliya milliy terma jamoasi delegatsiyasi ko‘hna va boqiy Buxoroga keldi. Mehmonlar mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari tomonidan kutib olindi.
[gallery-19189]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
O‘zA muxbirlari.