Braziliya Gaitini yirik hisobda mag‘lub etib, guruh yetakchisiga aylandi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining 2-tur bahslari davom etmoqda.
Jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri sanalgan Braziliya terma jamoasi Gaitiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Vinisius Juniorning zarbasidan qaytgan to‘pni Mateus Kunya darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib, Kunya dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 3-daqiqada esa Vinisius Junior gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi va Braziliya muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.