Boysunda yosh sozandalar bellashdi
FOTOREPORTAJ
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan maktablardagi ansambllar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Surxondaryo viloyati Boysun tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tumandagi 6-bolalar musiqa va san’at maktabida qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir tuman va viloyat “Kelajak” markazlari, musiqa va san’at maktabi jamoasi, shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tanlovda 6–10-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar belgilangan shartlar asosida milliy cholg‘u asboblarida kuy ijro etish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.
[gallery-29041]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 33-maktabning “Iqtidor yulduzlari” jamoasi birinchi o‘rinni, 39-maktabning “Yosh sozandalar” jamoasi ikkinchi o‘rinni, 35-maktabning “Turon navolari” jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA