Boysun bahori – milliy ruh, an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, bugun Surxondaryoda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali start oldi. 10 kun davom etadigan ushbu festival nafaqat bayram, balki milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish va hududning turizm salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgan nufuzli xalqaro festivaldir.
Ayni damda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Viloyatning barcha hududlarini aks ettirgan qo‘rg‘onlarda milliy ruh, an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi hukm surmoqda.
[gallery-29138]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA