Ma’lumki bugungi kunda hayotimizni avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Ammo xarid qilingan avtomobil nosoz chiqsa, bu holat har kimning ham kayfiyatiga salbiy ta’sir qilishi tabiiy.

Shunday holat fuqaro T.N.Mo‘minov bilan ham sodir bo‘ladi. U mashinani sotib olgan avtosalonga bu haqda murojaat qilib, undagi nosozlikni bartaraf etib berishlarini so‘ragan. Ammo fuqaroga tayinli javob qaytarilmaydi. Shundan so‘ng T.N Mo‘minov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga huquqlari himoya qilinishini so‘rab, murojaat qigan. Ushbu murojaat yuzasidan mazkur agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “PSM-AVTOSAVDO” MCHJga iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari buzilganligi bo‘yicha so‘rov xati yuborilgan.  Natijada "NEXIA 3 AV-GX16/AT" avtomobildagi nuqson, ya’ni avtomobilning kuzov qismida bo‘yoqlari sifatsiz bo‘lganligi, hamda ko‘chib ketayotganligi aniqlandi, ammo fuqaro T.N.Mo‘minovga avtomobil almashtirib berilmagan.

Haqiqatan ham "NEXIA 3 AV-GX16/AT" avtomobilining kuzov qismida bo‘yoqlari sifatsiz bo‘lganligi hamda ko‘chib ketayotganligi ayon bo‘lgach, hududiy boshqarma ko‘magi bilan "NEXIA 3 AV-GX16/AT" avtomobili “PSM-AVTOSAVDO” MCHJ avtosaloni tomonidan, xuddi shu rusumdagi yangi avtomobilning sifatlisiga almashtirib berildi.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘yoqlari ko‘chib ketgan yangi Neksiya avvaliga almashtirib berilmagan edi