Bo‘yalgan pomidorlar aniqlanmadi
Toshkent bozorlarida kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan pomidorlar ommaviy sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Shu bois, Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi barcha oziq-ovqat bozorlarida holat o‘rganildi.


Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, kimyoviy bo‘yoqlar bilan ishlov berilgan sabzavot mahsulotlari sotilayotgani holatlari aniqlanmadi.
G.Boboyeva, O‘zA