Botkenda vodiy yoshlari forumi
Farg‘ona vodiysida o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra uch mamlakat viloyatlari tutashgan. 2025-yilda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalari prezidentlari tomonidan Xo‘jand deklaratsiyasining imzolanishi vodiy xalqlari hayotida yangi sahifa ochdi. Avvalo, iqtisodiy munosabatlar yuksaldi. Xalqlar do‘stligi mustahkamlandi. Mana endi o‘zbek, qirg‘iz, tojik yoshlari qo‘lni-qo‘lga berib, kelajakni birgalikda yaratish rejalarini tuzmoqda.
Qirg‘izistonning Botken viloyatida boshlangan vodiy yoshlari forumi shu ulkan ishlar debochasidir. Forum ishtirokchilari Botken viloyatining shahar va tumanlarida bo‘lib, yoshlar mehnat, ilm olish va dam olishi qanday tashkillangani bilan tanishdi. O‘zaro qo‘shma loyihalar tuzdilar va imzoladilar.
– Biz bu kunlarni uzoq vaqt kutdik, – deydi Tojikiston delegatsiyasi a’zosi Dovut Shokirov. – Chunki chegaralar deyarli yopiq edi. Hatto do‘stlik, birodarlik tadbirlari ham o‘tkazilmas edi. Uch davlat Prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli mana endi vodiy yoshlari, ular o‘zbekmi, qirg‘izmi yoki tojik rejalarni birgalikda, hamkorlikda amalga oshirmoqda.
Bu kabi forumlar navbat bilan O‘zbekiston va Tojikistonda ham o‘tkazilishiga kelishib olindi.
Muhammadjon Obidov, O‘zA