Botir Xoʻjayev: Oʻzbekiston savdo aylamasining 18 foizi Rossiya hissasiga toʻgʻri keladi
Oʻzbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi doirasida tashkil etilgan biznes nonushtada Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xoʻjayev mamlakatimiz savdo aylanmasining qariyb 18 foizi Rossiya hissasiga toʻgʻri kelishini maʼlum qildi.

2017 yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha muhim hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston – Rossiya birinchi hududlararo hamkorlik forumi buning samarasi boʻlib, uning tadbirlarida Rossiyaning turli tarmoqlar boʻyicha 400 dan ziyod yirik kompaniyasi, 17 hududi rahbarlari ishtirok etmoqda. Oʻzbekistonda Rossiyaning “Lukoyl”, “Gazprom” kabi yirik kompaniyalari faoliyat olib bormoqda. Biz umid qilamizki, ushbu forum mamlakatlarimiz kompaniyalari oʻrtasidan yangidan-yangi shartnomalar imzolanishiga xizmat qiladi, istiqbolda hamkorlik aloqalari yanada mustahamlanadi, – dedi u.
Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aylanmasi 2017 yilda 3,65 milliard dollarni, oʻsish surʼati esa 2018 yilning 8 oyi mobaynida oʻtgan yilning mos davridagi koʻrsatkichga nisbatan 30,3 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, Rossiyadan Oʻzbekistonga import hajmi 40 foizga, Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport 8,6 foizga ortgan.
Oʻzbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi davom etmoqda. Saytimizni kuzatib boring!