Boshliq pora bilan qoʻlga tushdi
Boyovut tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Sirdaryo viloyat idoralararo komissiyasining navbatdan tashqari sayyor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Boyovut tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Sirdaryo viloyat idoralararo komissiyasining navbatdan tashqari sayyor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni komissiya raisi – viloyat prokurori R.Masharipov olib bordi.
Unda joriy yilning birinchi choragida komissiya faoliyati, viloyat madaniyat boshqarmasi tizimidagi korrupsiyaviy vaziyat tahlili muhokama qilindi.
Yigʻilishda taʼkidlandiki, Boyovut tuman madaniyat boʻlimi boshligʻi R.T.ning boʻlim qoshida tashkil etilgan toʻgarak rahbari G.Temirovani ishda qoldirish evaziga undan 500 ming soʻm pulni kadrlar xizmati bosh mutaxassisi orqali olgan paytda qoʻlga tushgan.
Sodir etilgan korrupsiyaviy holat yuzasidan viloyat Madaniyat boshqarmasi masʼul xodimlari va tuman hokimining soha boʻyicha oʻrinbosari bergan tushuntirishlar eshitildi.
Muhokama natijasiga koʻra, viloyat madaniyat boshqarmasi tizimida korrupsiya jinoyatlarining oldini olish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilash boʻyicha idoralararo komissiyaning qarori qabul qilinib, ijro uchun tegishli muassasalarga yuborildi.