Borrel Kiyevga bordi — so‘nggi safar
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida Ukraina poytaxti Kiyevga borgani haqida yozdi.
— Bu Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlangandan beri Kiyevga beshinchi tashrifim va ushbu lavozimdagi so‘nggi safarim, degan u. — Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi men uchun ustuvor vazifa edi va mazkur masala YeI kun tartibidagi asosiy bandlardan biri bo‘lib qoladi.
Borrellning o‘rniga tayinlangan Estoniya sobiq Bosh vaziri Kaya Kallas ham Rossiya bilan ziddiyatda Ukraina tarafdori sifatida tanilgan.