“Bolivariancha gʻazab” qanday boʻladi?
AQSHning Venesueloga namoyish qilayotgan tahdidi, Yovvoyi Gʻarb davridagi harakatlardir, agar mamlakat rahbariyati vakillarining birortasi boshidan bir tola sochi tushadigan boʻlsa, buning uchun xalq va armiya oyoqqa turadi, deb bayonot berdi prezident Nikolas Maduro.

Yaqinda AQSH Adliya vazirligi Venesuelo prezidenti Nikolas Maduro va yana 14 ta mansabdor shaxslarga nisbatan ayblov eʼlon qilgan edi. Ular giyohvand moddalar savdosiga aloqador, deb topilgan. AQSH davlat departamenti Maduroni ushlab berganga 15 million dollar mukofot puli vaʼda qildi. Bosh prokuror Uilyam Barrning eslatishicha, AQSH Maduroni Venesuelo prezidenti, deb hisoblamaydi va uni Panamaning sobiq prezidenti Manuel Noryega bilan tenglashtirdi. Manuel Noryega AQSH tomonidan giyohvand moddalar savdosi bilan ayblangandan keyin amerikaliklar Panamaga qoʻshin kiritib, uni hibsga olgan edi.
“Bizni amerika bosqinchiligi qoʻrqita olmaydi. Birortamizning boshimizdan bir tola soch toʻkiladigan boʻlsa, xalqimizda reja bor: fuqarolar va harbiylar birlashadi, politsiya ham rejaga ega, bilasizki, xalqimiz ushbu rejaga “bolivariancha gʻazab” deb nom ham berishgan“, — dedi Maduro.