Bolajonlar ta’tilni mazmunli o‘tkazmoqda
Beshariq tumani markazidagi yopiq suv sport saroyida bolajonlar yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazmoqda.
Suzish to‘garaklariga kelayotgan bolajonlarning karantin talablariga риояэтиши qat’iy nazoratda.
– Qizim Barnoxon Abdullajonova 11 yoshda, - deydi tumanning “Buloqboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Shohidaxon G‘aniyeva. – Tug‘ma nogiron, oyoqlari falaj holatda qolgan. Shifokorlarning tavsiyasi bilan qizimni suzish to‘garagiga ikki yildan beri olib kelaman. Salomatligida ancha o‘zgarish bo‘ldi. Suzish mashg‘uloti bilan muntazam shug‘ullanish bolajonlarning ham jismonan ham ruhan sog‘lom bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etar ekan.
Ayni kunlarda markazda 70 nafar bolajon suzish sporti bilan shug‘ullanmoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA