Bolajonlar “Savodxonlik bayrami”ni nishonladi
Termiz shahridagi 3-umumta’lim maktabida savodxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabning 1-sinf o‘quvchilari “Alifbe” kitobi bilan xayrlashdi.
Alifboni o‘zlashtirib, o‘qish, yozishni o‘rgangan bolajonlar endilikda o‘zlari uchun qadrli bo‘lgan Ona, Vatan kabi so‘zlarni hech qiynalmay o‘qiy oladi.
[gallery-1229]
Tadbirni sinf rahbari Lola Matlavova kirish so‘zi bilan ochib, jajji o‘quvchilarni “Savodxonlik bayrami” bilan qutladi. So‘ng 1-sinf o‘quvchilari fanlar bo‘yicha yod olgan she’rlarini aytdilar, sahna ko‘rinishlari va milliy raqslarni ijro qildilar.
“Alifbe” bilan xayrlashib, “O‘qish” kitobini kutib olgan bolajonlarga maktab ma’muriyati tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA