Bolajonlar orziqib kutgan qor
FOTOREPORTAJ
Laylakqor, qorbo‘ron o‘ynash, chanada uchish Navoiy shahrida ko‘p uchramaydigan hodisalardan. Bugun zaminni qoplagan oppoq qor shaharliklarga uzoq kutilgan sevinchli onlarni hadya etdi.
[gallery-10226]
Shahar ko‘chalari bo‘ylab yurarkansiz, ko‘p qavatli uylar oldida bolalarning qorbo‘ron o‘ynayotganiga ko‘zingiz tushadi. Zero, qor yog‘ishini hammadan ham ko‘proq bolajonlar kutgan.
Tuni bilan derazadan qor yog‘ishini kuzatgan o‘g‘il-qizlarning barchasi bugun qorbo‘ron o‘ynab, olam-olam zavq olmoqda.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA