Bokschining oʻlimi kimga kerak boʻldi?
Salvadorlik bokschi Aleksis Navidad oʻziga nisbatan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida halok boʻldi.
Salvadorlik bokschi Aleksis Navidad oʻziga nisbatan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida halok boʻldi.
Fojia bir necha kun oldin mamlakat poytaxti San-Salvador shahrida boʻlib oʻtgan. Politsiya taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, jinoiy guruhning ikki nafar aʼzosi tomonidan koʻchada oʻt ochilishi natijasida Navidad va yana ikki kishi yaralangan. Qayd etilishicha, 22 yoshli charm qoʻlqop ustasi shifoxonaga yetmasdan jon bergan. Video kuzatuv kameralarigu muhrlangan tasvirlar orqali shubha ostiga olinganlar ushlangan.
Salvador Milliy sport instituti rahbari Yamil Bukele Navidad hech qanday kriminal tuzilmalar bilan aloqador boʻlmaganligi haqida bayonot berdi. “U sportchi edi, faqat oʻzi sevgan mashgʻulot – boksga mehr qoʻygandi“, — dedi Bukele.
Navidad professional ringda birgina jang oʻtkazishga ulgurgandi. U 2017-yil oʻz vatandoshi Antonio Galeano ustidan gʻalaba qozongan. Mahalliy va mintaqaviy OAV Navidadni Markaziy Amerikaning kelajagi porloq bokschilaridan biri sifatida eʼtirof eta boshlagandi.