Bokschilarimiz WBO reytingida yuksalmoqda
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) mart oyi uchun e’lon qilgan jahon reytingida o‘zbekistonlik 5 nafar charm qo‘lqop ustasining nomi qayd etildi.
Ular orasida eng yuqori o‘rin Isroil Madrimovga tegishli bo‘lib, eng o‘rta vazn toifasida jang olib borayotgan hamyurtimiz reytingning 3-pog‘onasini band etdi.
Shuningdek, reytingda mahoratli bokschimiz Muhammad Shexov ikkinchi yengil vazn toifasida 6-o‘rin, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda 11-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziyev 10-o‘rin, Bahodir Jalolov esa eng og‘ir vaznda 8-o‘rinda qayd etildi.
Katta maqsadlar yo‘lida o‘z shiddatini namoyish etayotgan bir qator bokschilarimizning joriy yil aprel oyida ringga ko‘tarilishini nazarda tutsak, ko‘rsatkichlar bundan ham yuqori bo‘ladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA