Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokioda so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunladi. Vakillarimiz bugun Olimpiya shaharchasiga kelib joylashdi.

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

“Rio –2016” Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyatdan so‘ng barcha “O‘zbek yo‘lbarslari”dan kamida ana shu natijalarning takrorlanishini kutmoqda. Marat Qurbonov boshchiligidagi jamoamiz yangi O‘zbekiston uchun yangi g‘alabalarni taqdim etishga shay turibdi.  

Eslatib o‘tamiz, bokschilarimiz “Tokio – 2020” Olimpiadasiga 8 ta erkak va 3 ta ayollar vaznida yo‘llanma olgan. Butun dunyoda faqat 3 jamoagina 11 nafar bokschi bilan ishtirok etadi.  

Ertaga boks bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va hamyurtlarimiz Olimpiadani kimlarga qarshi boshlashlari ma’lum bo‘ladi.  

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimiz Riodagi yetakchilikni himoya qilishga shay